Biz yillar davomida filmlar va multseriallarni o‘zbekchaga dublyaj qilib kelmoqdamiz, endi esa navbat o‘yinlarga keldi. Quyida yig‘ilayotgan mablag‘ nimaga sarflanishi va ish jarayoniga nimalar kirishini ochiq aytamiz.
Byudjet tarkibiga nimalar kiradi?
- Tarjima va terminologiyani tekshirish, matnni adabiy qayta ishlash.
- Matnni tayming bo‘yicha joylashtirish va kerak bo‘lsa lipsink (lab harakati bilan moslashtirish).
- Har bir qahramon uchun aktyor tanlash va ovoz yozuvlarini montaj qilish.
- Professional aktyorlar bilan studiyada yozuv (rejissyor nazorati ostida).
- Ovozlarni to‘liq ishlov berish: tozalash, svodka va yakuniy integratsiya o‘yinga.
- O‘yin ichidagi fayllarni tahlil qilish va qayta yig‘ish (dasturlash).
- Test va xatoliklarni tuzatish orqali mukammal natijaga erishish.
Nega bu muhim?
Biz istaymizki, har bir gamer sevimli o‘yinlarini to‘liq o‘zbekcha dublyaj bilan o‘ynay olsin. Bu nafaqat g‘oyat katta tajriba, balki o‘zbek madaniyatida yangi bosqich bo‘ladi.
Deadpool (2013)
Yuklab oling!
Marvel’s Spider-Man Remastered
149 800 000 so'm
God Of War
224 700 000 so'm
